Qarshida erkak o‘zining yetti yoshli o‘gay qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumon qilinmoqda
Qashqadaryo viloyatida bir ayol Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, qizi o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini aytdi.
Voqea 12-oktabr kuni Qarshi shahrida sodir bo‘lgan.
Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, 2021-yildan beri birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i 2017-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganini aytdi.
Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi, qizchani sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish belgilandi. Bolalar ombudsmanı vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Ish bo‘yicha keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Ulashish:
Sharhlar