Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumani 8-umumta’lim maktabidagi holatga oid video tarqaldi. Unda direktor maktabda qarta o‘ynab o‘tirgani va direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarni kaltaklayotgani aks etgan. Holat yuzasidan Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari o‘rganish olib bordi.
Videolavhadagi holatlar haqiqatda mazkur maktabga tegishli bo‘lib, 8-maktab direktori va maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deyiladi Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Ulashish:
Sharhlar