Toshkent viloyatida qarz mojarosi tufayli bir oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan shaxs ushlandi
Yangiyo‘l tumanida bir oilaning barcha a’zolari o‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq dahshatli voqea keng jamoatchilikni larzaga soldi, deb yozadi O’zA.
Joriy yilning 26-iyul erta saharda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in chiqqan. Tuman FVB Yong‘in qutqaruv qismi yong‘inni bartaraf etgan. Biroq, xonadonda qasddan o‘ldirilganlik belgilari bilan 5 ta jasad topilgan.
Aniqlanishicha, 1991-yilda tug‘ilgan erkak, 1999-yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022-yilda tug‘ilgan bolalar, 2018-yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan. Ma’lum qilinishicha, vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan. Prokuratura va ichki ishlar organlarining xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi jabrlanuvchi erkakning qarindoshi bo‘lib, jinoyat sodir etilishiga sabab o‘rtalaridagi qarz mojarosidir. Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar