Qarzdor: “Qarzdorlik bo‘lsa, tunda ham harakatlanib bo‘lmaydimi ?”
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi qidiruv organlari tomonidan yo‘l qoidasini buzib, qator jarimalarini to‘lamagan qarzdor fuqarolarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish hamda avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlaridan birida, 23-sentyabr kuni 22 ta ma’muriy jarimalari mavjud “Nexia 3” haydovchisi ushlandi.
Tadbir davomida, ushbu avtotransport vositasi mahalla ichki ko‘chasida harakatlanayotganligi aniqlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Haydovchiga ko’ra, u MIB tomonidan qidiruvda ekanligini bilib, faqat tunda harakatlangan, va MIB xodimiga quyidagicha savol bergan: “Sizlardan qochib, kechasi yuraman, qarzdorlik bo‘lsa tunda ham harakatlanib bo‘lmaydimi ?”
Haydovchiga barcha jarimalar to‘langandan so‘ng avtotransport vositasi jarima maydonidan chiqarilishi, aks holda avtotransport vositasi auksion savdolariga chiqarilishi tushuntirilgan.
Sharhlar