Qarzini to‘lamagan korxonaning avtotransportlari auksionda sotildi

Фото: ФВМИБ

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining va DSIning ijro hujjatlariga asosan qarzdor “Farg‘onamaxsussuvpudrat” MCHJdan undiruvchi davlat va boshqa bir necha yuridik shaxslar foydasiga jami 2,5 mlrd so‘m qarzdorligi yuzasidan qarzdorga tegishli 3 turdagi avtotransport vositasi va 1 dona kuchmas mulki xatlangan.

Karzdor bir necha marta ogohlantirilishiga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli xatlangan mulklar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotilib, sotishdan tushgan 94.000.000 so‘m pul mablag‘lari undiruvchining tegishli hisob raqamlariga o‘tkazib berilgan.

Shuningdek, qarzdorning qolgan mulklari ham “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdolariga chiqarish cho‘ralari ko‘rilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.