Qashqadaryo viloyati hokimining yordamchisi lavozimiga britaniyalik mutaxassis tayinlandi

фото: kun.uz

О‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiya va eksport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan britaniyalik Piter Marjetts bilan uchrashuv o‘tkazdi. Piter Marjetts Britaniyaning Room Seven Capital Partners kompaniyasi boshqaruvchi hamkori hisoblanadi. Bu haqda Dunyo nashri xabar beradi.

Joriy yilning 4-noyabrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha, britaniyalik tadbirkorlar vakillarining О‘zbekistonga biznes-safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, suhbat chog‘ida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida britaniyalik tadbirkorlar vakillarining О‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tashrif doirasida Britaniya delegatsiyasi О‘zbekistonning vazirliklari va idoralarida, shuningdek Toshkent, Qarshi va Termizda bir qator B2B uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.