Qashqadaryo va Toshkentda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.K. va A.X.ning “Damas” rusumli avtomashinasi hamda B.K.ning xonadonidan sotish maqsadida olib kelingan xorijda ishlab chiqarilgan 13 turdagi jami 8 216 quti umumiy bahosi 225,1 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.D.” MCHJga tegishli savdo do‘konidan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan 155,7 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.