Qashqadaryoda 16 yoshli bola jinoyatga qo’l urdi
Farg‘ona viloyatida yashovchi J.O. IIOga murojaat qilib, telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan 1.200.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi 16 yoshli S.B. sodir etganligi aniqlandi.
“S.B., J.O. bilan telegramda tanishib, unga “PUBG” onlayn o‘yinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.200.000 pullarni o‘tkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar