Qashqadaryoda bloger toshbaqaga nos chektirishga urindi (video)

Фото: Кадр из видео

Qashqadaryo viloyatida ikki nafar voyaga yetgan erkak toshbaqaning og‘ziga nosvoyni zo‘rlik bilan to‘kib yubordi, deb yozadi Ekologuz.

Blogger humoyun.norqobilov Instagram’da hodisa aks etgan videoni joylashtirdi, unda erkak toshbaqani nosvoy yeyishga majburlayotgani, do‘sti esa nima bo‘layotganini yaqindan suratga olgan.

Jarohatlangan toshbaqa qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi bo‘lib, ovlash, savdo-sotiq va shunga o‘xshash shafqatsizlik tufayli soni kamayib bormoqda.

Ekologik faollar huquq-tartibot idoralarini toshbaqaning himoyalangan maqomini hisobga olib, videorolik ishtirokchilarini hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.