Qashqadaryoda haydovchi qasddan katta inspektorni o’ldirdi

Foto: Daryo.uz

8-iyul kuni soat 19:00 larda Ko‘kdala tuman IIB JXX YHXB katta inspektori E.P tomonidan haydovchi S.B. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda fuqaro S.B. qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, katta inspektor E.P.ning qorin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan qochib qolgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan katta inspektor E.P. Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan.

9-iyul kuni holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi va 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.