Qashqadaryoda kredit olish uchun o‘zini militsiya xodimi sifatida ko‘rsatgan shaxs qo‘lga olindi.
Qashqadaryo viloyatida o‘zini ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB .
Hodisa G‘uzor va Qamashi tumanlarida sodir bo‘lgan. Huquqbuzar ichki ishlar organi xodimi kiyimini kiyib, o‘zini katta leytenant sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchini qozongan, so‘ngra ularning nomiga bank kartalari va kreditlar rasmiylashtirib, olingan mablag‘larni o‘zlashtirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ikki fuqaroni aldab, 22 million so‘m pulini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. U qo‘lga olinib, formasi olib qo‘yilib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar