Qashqadaryoda noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Foto:Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagi “Xontepa” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.N. “L.E.” MCHJga qarashli savdo do‘konida turli nomdagi jami 2 052 quti umumiy bahosi 70 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida “Xo‘jaguzar” MFY hududidagi savdo do‘konida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 42 turdagi 1030 dona iste’molga yaroqsiz alkogol va 16 turdagi 1804 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan, -deyiladi axborot xizmati xabarida.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.