Qashqadaryoda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasidagi janjalga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida janjal kelib chiqqani aytilmoqda” sarlavhasi ostida videoxabar tarqalgandi.
Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan kuzatuv olib bormoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 17-oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli oʻrta taʼlim maktabining algebra fani oʻqituvchisi M.M. (ayol) va 10 “B” sinf oʻquvchisi E.Oʻ. (2008-yilda tugʻilgan qiz) oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, ogʻzaki tortishib qolishgan. Shundan soʻng oʻqituvchi M.M. oʻquvchi E.Oʻ. ni yuz sohasiga urgan, oʻquvchi qiz ham qoʻl koʻtarmoqchi boʻlganida birgalikda yiqilib tushishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.Oʻ. larning xatti-harakatlariga chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.
Bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.
Sharhlar