Qashqadaryoda qadimiy tangalarni noqonuniy olib chiqishga chek qo‘yildi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Buxoro amirligi davridagi qadimiy tangalarni olib chiqishni to‘xtatdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
“Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Qarshi-Moskva” reysi bilan uchib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro X.K.ga tegishli qo‘l yuki va bagajini rentgen tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan va bojxona deklaratsiyasidа aks ettirilmagan turli xil metall tangalar topildi.
“Ushbu tangalar bundan 50 yil avval zarb qilingan bo’lib, 116 dona tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.
Musodara qilingan qadimiy tangalar Qashqadaryo viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga topshirildi. Madaniy meros agentligining tegishli xulosasida qayd etilishicha, ular orasida Buxoro amirligi davrida zarb qilingan tangalar ham bor.
Hozirda mazkur holat yuzasidan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.
Sharhlar