Qashqadaryoda qiz tanishi tomonidan pichoqlandi

foto: hurfikr.uz

22-iyun kuni soat 08:30 larda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, S.T.ning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi.

Shundan so‘ng fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan 22-iyun kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.