Qashqadaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ситуативное фото

Bugun, 7-oktabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani “Dasht” MFY hududidan o‘tuvchi, “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirlgan gaz quyish shaxobchasida “Kamaz-512” rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 16:45 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida shaxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.