Qashqadaryoda taksis 17 yosh qizga zo’ravonlik qilgan
5-Noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qiz taksi haydovchisi tomonidan hujumga uchragani haqida Nemolchi.Uz xabar bergan edi. Murojaatda aytilishicha, qiz qochib qutulgan va darhol huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Ammo, huquq-tartibot organlari uning bayonotini qabul qilmagan va chora ko‘rmagan. Qizning ko‘rsatmalariga ko‘ra, hujumchi aniqlanmagan va 10 kun ichida hech qanday sud-tibbiy ekspertiza ham tayinlanmagan. Ushbu vaziyat jabrlanuvchining ruhiy holatini yanada murakkablashtirgan, hujumchi esa ozodlikda qolmoqda.
Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Ombudsmanning ma’lumotlariga ko’ra, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida taksi haydovchisi yoʻlovchisi boʻlgan 2007-yilda tug’ilgan, voyaga yetmagan qiz H.D. ga nisbatan jinsiy tegajog’lik harakatlarini sodir etganligi holati yuzasidan xabar bergan.
Hozirda voyaga yetmagan H.D. ga nisbatan jinsiy zo’ravonlik holati bo’yicha Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qoʻshimcha ravishda axborot berilishi aytilgan ombudsman xabarida.
Sharhlar