Qashqadaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi 1 mlrd so‘mdan ortiq elektr-energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan gaz quyish shoxobchasi aniqlandi, deya xabar beradi “O‘zenergonazorat”.
Mutaxassislar tomonidan “Navro‘z” mahallasida reyd o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi mas’ul shaxslar hisoblagichning ishlashiga aralashgan.
Yetkazilgan zarar 1 milliard 85 million so‘mni tashkil etdi, deyiladi xabarda.
To‘plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Ulashish:
Sharhlar