Qashqadaryodagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Ситуативное фото

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Dasht mahallasi hududidagi G‘uzor-Qarshi avtomobil yo‘lida joylashgan gaz quyish shoxobchasida gaz-havo aralashmasi portladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Hodisa soat 15:45 da “Kamaz-512” rusumli avtomashinaning gaz balloniga yoqilg‘i quyish vaqtida sodir bo‘lgan. Portlash yong‘inga olib keldi.

To‘rt nafar yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 15:56 da yetib kelgan. Yong‘in soat 16:00da mahalliylashtirilib, 16:45da to‘liq o‘chirildi. Yong‘in natijasida gaz quyish shoxobchasi binosining tom qismi 22 kv.m maydonda zarar ko‘rgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash omborga gaz quyish paytida paydo bo‘lgan uchqun tufayli sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.