Qashqadaryoning togʻli hududlarida qor yog’moqda
30-sentabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasining “G‘elon” bo‘limi togʻli hududlarida qor yog’moqda, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Qo‘riqxona 1983-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi Hisor togʻ tizmasi janubiy qismida, dengiz sathidan 1750–4349 metrgacha balandlikda joylashgan. Janubi-sharq tomonidan Surxondaryo viloyati bilan, shimol tomonidan Tojikiston bilan chegaradosh.
Xabarlarga ko’ra, hozirda tog’da harorat -3 darajada.
Ulashish:
Sharhlar