Qashqadaryolik yigit Afg‘oniston fuqarosining 53,5 ming AQSH dollar pulini olib, aldab yurgan

Foto: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro E.N. Afg‘oniston fuqarosi H.G‘.dan 2021 yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berishni va’da qilib, uni ishonchiga kirib, undan 53,5 ming AQSH dollari miqdorida pullarni olib, tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan va pul mablag‘ini ham bermasdan, aldab kelgan”, -deb xabar bermoqda Bosh prokuraturasi axborot xizmati.

Prokuratura organlari tomonidan H.G‘.ning murojaati o‘rganilib, natijasiga ko‘ra E.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida, xorijiy davlat fuqarosi H.G‘.ga yetkazilgan zararni hisobiga 500 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar undirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.