Qayragʻoch daraxtlarini kesgan shaxslar 2 yilga qamaldi
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan M.A., A.A. va K.Z. bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ulashish:
Sharhlar