Qibrayda 22 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi
Toshkent viloyatida 22 yoshli yigit o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24-iyul kuni Qibray tumani “Ilg‘or” MFY hududida ishlab chiqarish korxonasi yaqinida joylashgan dala yer maydonidagi daraxtga 22 yoshli E.E. o‘zining bo‘yin sohasidan osib, joniga qasd qilgan.
Fuqaro vafot etganligi holati bo‘yicha tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ekanligi qayd etilgan.
Hozirgi vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar