Qibrayda fuqaroga qo’llanilgan 51 mln so‘mlik jarima bekor qilindi
Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga unga qo‘llanilgan jarimani bekor qilishda amaliy yordam so‘radi. U o‘z murojaatida tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosini belgilanganligini ma’lum qilgan.
Mintaqaviy vakil fuqaro N.N. murojaati asosida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilganida devor bilan o‘ralgan 280 m² hudud Qibray tuman hokimining 2005-yildagi qarori asosida fuqaroning onasi fuqaro N.K.ga obodonlashtirish uchun ajratilgan va ushbu yer maydon uchun 18 yil yer solig‘i to‘lab kelingan.
“Hozirda ushbu hududga ga 25 tub har-xil turdagi mevali daraxtlar ekilgan. Ya’ni, fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydonini devor bilan o‘rab olgan halos, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirmagan”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar