Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Foto: istanbul Boshkonsulxona

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, R.SH. bugun Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi. Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda ko‘plab firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlardan ogoh bo’lishlarini so’raymiz”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.