Qidiruvda bo‘lgan shaxs Mirobodda qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB Yo’l harakati xavsizligi boshqarmasi axborot xizmatining bergan ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yil 25-sentabr kuni soat 10:30 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani Nukus ko’chasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB maxsus batalon YPX inspektori safdor D.A.Mannonov tomonidan Nukus ko’chasida EQUONIX rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1988-yilda tug‘ilgan M.A.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.A. Mirobod tumani IIO FMBga topshirildi.
Sharhlar