Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi
Qilichbozlik (saber) bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Umumjamoaviy bahslarda qilichbozlar kumush medallarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Chorak finalda qizlar Tailand vakillarini, yarim finalda Gonkong qilichbozlarini mag‘lub etishdi. Finalda mamlakatimiz qilichbozlari musobaqa mezbonlariga 39:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Jamoa yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan Guliston Perdiboyeva, Fernanda Errera, Samira Shokirova va Ayakuz Jumamuratovalar chiqish qilishdi.
Ulashish:
Sharhlar