Qirg‘iziston fuqarosi Farg‘onaga 1,8 mln rublni noqonuniy olib o‘tishga urindi
Qirg‘iziston fuqarosi Rossiyadan O‘zbekistonga deklaratsiya qilinmagan pullarni noqonuniy olib o‘tishga uringan. Novosibirskdan Farg‘onaga uchayotgan 24 yoshli qirg‘izistonlik fuqarodan xizmat iti 1,8 million rublga yaqin pul topdi.
Parvozdan oldin yigit yonida bojxonada deklaratsiya qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar va valyuta yo‘qligini aytib, “yashil yo‘lak” ni tanlagan. Biroq bojxonachilar yo‘lovchining bagajidan naqd pul topgan.
Ekvivalentda 10 ming AQSh dollaridan oshadigan naqd pul majburiy ravishda yozma deklaratsiya qilinishi kerak. Shunday qilib, noqonuniy olib o‘tilmoqchi bo‘lgan mablag‘lar miqdori 900 ming 150 rublni tashkil qilgan, — deyiladi xabarda.
Qirg‘izistonlik fuqaroga nisbatan Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 16.4-moddasi (jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulni deklaratsiya qilmaslik) bo‘yicha ish ochilgan. Bojxona xodimlari fuqarodan 900 ming rublni olib qo‘ydi, ular bo‘yicha qaror sud tomonidan chiqariladi.
Sharhlar