Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi. Majmua Qirg‘iziston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Qayd etish joiz, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.