Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi
Qirg‘iziston janubida mahalliy vaqt bilan soat 11:27 da zilzila qayd etildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentrda zilzila kuchi 12 balli MSK-64 shkalasi bo‘yicha 3 ball, magnitudasi Mpv=3,3, energiya sinfi K=8,0 bo‘lgan.
Zilzila epitsentri Qirg‘iziston hududida, Qurshob qishlog‘idan 3 km shimoli-g‘arbda, Mirza Ariq qishlog‘idan 7 km janubi-g‘arbda, O‘zgan shahridan 15 km janubi-g‘arbda, Jalolobod shahridan 31 km janubi-sharqda, O‘sh shahridan 37 km sharqda joylashgan.
Qurshob qishlog‘ida zilzila kuchi taxminan 2,5 ballni tashkil qilgan.
Ulashish:
Sharhlar