Qirg‘iziston fuqarolarini ogohlantirdi

Фото: ria.ru

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni hozircha uzrli sabablarsiz Rossiyaga bormaslikka chaqirdi.

Bu Krokusdagi teraktdan keyin RF hududida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etilgani bilan bog‘liq.

Allaqachon chipta sotib olganlar RF Ichki ishlar vazirligining veb-sayti orqali kirishga cheklov mavjudligini tekshirishlari kerak.

Rossiyadagi qirg‘izistonliklarga esa gavjum joylarga bormaslik va har doim RF hududida bo‘lish qonuniyligi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurish tavsiya etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.