Qirg‘izistonda mahalliy kengashlarga saylovlar boshlandi
Bugun Qirg’izistonda mahalliy kengashlar – qishloq va shahar kengashlari deputatlari saylovi boshlandi. Maʼmuriy-hududiy islohotlardan soʻng jami 264 ta (33 ta shahar va 231 ta qishloq) kengashga deputatlar saylanadi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatiga 4,1 milliondan ortiq fuqaro kiritilgan. Shahar kengashlari deputatlari partiya roʻyxati boʻyicha, qishloq Kengashi deputatlari esa majoritar tizim boʻyicha saylanadi. Shu bilan birga, mandatlarning 30 foizi ayollar uchun ajratilgan.
Bishkekda 7 partiyadan 51 o‘rin uchun 300 dan ortiq nomzod, jumladan 100 dan ortiq ayol kurashmoqda. Poytaxtda 268 saylov uchastkasi ochildi.
Mamlakatda birinchi marta ichki migrantlar uchun masofaviy ovoz berish yo‘lga qo‘yildi, ular ro‘yxatdan o‘tgan joyida bo‘lmasa ham ovoz berishlari mumkin. Shu maqsadda 10 ta maxsus maydon ochildi.
Sharhlar