Qirg’izistonda zilzila sodir bo’ldi. Uning kuchi O’zbekistonda ham sezildi
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:09 da Qirg’izistonda 4.5 balli zilzila sodir bo’ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 170 km shimoliy-sharqda.
Uning kuchi O’zbekiston, Qozog’izton va Tojikiston Respublikalarida ham sezildi. Zilzilaning O’zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo’rg’on tumanida 2-3 ball, 43 km.
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km.
- Chust tumanida 2 ball, 59 km.
Ulashish:
Sharhlar