Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 71-moddasiga asosan, Jamanbayev Musa Murataliyevich Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, prezident Sadir Japarov 2022-yili Jamanbayev Musa Murataliyevichni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari etib tayinlagan edi.
Ulashish:
Sharhlar