Qizil kitobga kiritilgan jayronlar yashirin kameraga tushib qoldi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog‘i hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga urg‘ochi jayron muhrlandi.
Jayronlar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxati va Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif va kamayib borayotgan tur maqomi bilan kiritilgan. Ular quruqlikdagi eng tez hayvonlardan biri bo’lib, yirtqichlardan qochib ketganda soatiga 70 km tezlikka erisha oladi.
Bugungi kunda jayronlar Ustyurt platosida, Janubiy Orolboʻyida, Qizilqum, Kimirekqum, Sandiqli, Yakkachakka, Qarshi choʻllari va Surxondaryo viloyatining ayrim joylarida yashaydi va mamlakatda ularning umumiy soni 4 ming boshga yaqin.
Ulashish:
Sharhlar