Qo‘qonda bolani majburlab mashinasining yukxonasiga solgan erkakga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyati hududida bola o‘g‘rilari aniqlangani” to‘g‘risidagi turli xabarlar tarqalib, bu xabarni Farg‘ona IIB inkor qilgan edi.
IIB xabariga ko‘ra, 2024-yilning 14-may kuni Qo‘qon shahrida yashovchi voyaga yetmagan M.M. qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning oynasiga tosh otib sindirgani uchun qo‘shnisi M.A. bolani qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Neksiya 2” rusumli avtomashinasining yukxonasiga solib harakatlangan. O’sha paytda M.M.ning onasi V.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan edi.
Ushbu Qo‘qonda sodir bo‘lgan holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olindi.
Voyaga yetmagan bolani onasining murojaatiga asosan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta’minlandi va gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov haraktlari olib borilmoqda.
Sharhlar