Qo‘qondagi to‘yda “drift” qilgan BMW haydovchisi yetti sutkaga hibsga olindi

Фото: Кадр из видео

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida to‘y korteji ishtirokchisi BMW avtomobilida drift qildi, deb xabar bermoqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi.

Qoidabuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, uning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga o‘tkazildi. Haydovchi o‘z qilmishidan afsusda ekanini aytib, buni boshqa takrorlamaslikka va’da berdi.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topib, 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.