“Qo‘qonlik tabib”ning tan soqchilari javobgarlikka tortildi
“Qo‘qonlik tabib” nomi bilan tanilgan shaxsning oldida yurgan tan soqchilari javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi “Times.uz”.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uni maxsus harbiy kiyimdagi to‘rt nafar “tan soqchi”lari qo‘riqlayotganini ko‘rish mumkin.
Ularga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Avvalroq, “Qo‘qonlik tabib” nomi bilan tanilgan Iqboljon Soliyevning faoliyati yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari tayinlangani ma’lum qilingan edi.
Ulashish:
Sharhlar