Surxondaryoda yuk mashinasi uch kishini urib yuborib, qochib ketdi

Fiti: Shutterstock

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 7-oktabr kuni yuk mashinasi haydovchisi yo‘l chetida turgan fuqarolarni urib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat soat 22:30 atrofida Temir darvoza mahallasida sodir bo‘lgan. Captiva haydovchisi va ikki yo‘lovchisi yo‘l chetida to‘xtab, mashinaga yonilg‘i quyayotganda Isuzu haydovchisi (58 yosh) ularni urib, voqea haqida xabar bermay, qochib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qidiruv davomida Isuzu haydovchisi Sirdaryo viloyatida ushlangan va Boysun tumani IIBga olib kelingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.