Sirdaryo viloyatida sotuvchi chek so‘ragan bolaga qo‘l ko‘tardi
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Joriy yilning 20-iyul kuni Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda soliq cheki so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ulashish:
Sharhlar