Ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olindi
O‘zi 5 nafar farzandning otasi bo‘la turib 11 yashar qizchaning nomusiga tajovuz qilib kelgan erkak qo‘lga olindi, bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bloger niqobi ostidagi bu kimsa qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olingan. Hozirda Agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K. rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar