Qon bosimini qanday me’yorlashtirish mumkin
Doimiy jismoniy faollik yuqori qon bosimi xastaligiga chalingan bemorlar uchun foydali mashg‘ulot hisoblanadi. Chunki o‘rtacha intensivlikdagi mashqlar ta’siri ostida organizmda “davleniya” me’yorlashadi.
Tavsiya etiladi: terapevtik mashqlar, piyoda yurish, suzish, velosiped uchish. Ular organizmning chidamliligini oshirib, umumiy periferik qon tomirlari qarshiligini kamaytiradi.
Shuni yodda tutish kerak:
- statik jismoniy faoliyat (og‘irlik ko‘tarish va uni ushlab turish, uzoq vaqt tik oyoqda turish yoki o‘tirish) qon bosimini oshirishi mumkin. Shu bois ulardan qochish;
- bosh va tanani yon tomonlarga burishda ehtiyot bo‘lish;
- tananing haddan ziyod qizib ketmasligi uchun jismoniy mashg‘ulotlarni ertalab tongda bajarish lozim.
Optimal mashg‘ulot rejimi:
- haftada 4-5 marta 20-30 daqiqa yoki haftada 2-3 marta 40-60 daqiqa.
Jismoniy faoliyatga qarshi ko‘rsatmalar:
- qon bosimi keskin oshganda (gipertonik kriz) va undan keyingi erta davr;
- salomatlikning yomonlashuvi bilan qon bosimining sezilarli darajada pasayishi;
- yuqori qon bosimining 3-darajasi;
- yurak ritmining buzilishi kabi jiddiy asoratlar.
Jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida nafas qisishi, ko‘krak qafasi va yurak sohasida og‘riqlar, yurak faoliyatida buzilishlar paydo bo‘lganda mashqlarni darhol to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Ulashish:
Sharhlar