Qo‘ng‘ir ayiq yashirin kameraga tushdi

Foto; videodan nusxa

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin milliy tabiat bog’ida o‘rnatilgan fotoqopqonga qo‘ng‘ir ayiq muhrlandi.

Qo‘ng‘ir ayiq brakonyerlik, yashash joylarining qisqarib borayotganligi va boshqa tashqi omillar tufayli kamayib ketgan. Zomin milliy tabiat bog‘ida 25-30 tacha uchraydi. Shuningdek, Chotqol qo‘riqxonasida 40-45 ta, Hisor qo‘riqxonasida o‘rtacha 157 tani tashkil qilishi qayd etilgan.

Qo‘ng‘ir ayiq zaif, kam tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, CITESning I Ilovasiga kiritilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.