Qonunchilik palatasi eshakni “iste’mol go‘shti olinadigan hayvonlar” qatoriga qo‘shdi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun tashabbuskorlarining aytishicha, hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimining eng asosiy afzallik tomonlaridan biri, bu tizim orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi. Shu sababdan iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht va boshqa mahsulotlar olinadigan qoramol, qo‘y va echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya kabi hayvon turlari hamda ular uchun kasallik xafini tug‘dirishi mumkun bo‘lgan hamda kasallik kirib kelishini oldini olish, epizootik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida, it, mushuklarni identifikatsiya qilinishi taklif etildi.
Xabarga ko’ra, Qonun loyihasining qabul qilinishi ichki va tashqi bozor uchun hayvonlardan olinadigan mahsulot prognozi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iste’mol uchun chiqariladigan barcha mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga, hayvon egalarining hayvonga egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini yanada kafolatlashga imkoniyat yaratadi.
Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Sharhlar