Qonunchilik palatasi eshakni “iste’mol qilinadigan hayvonlar” ro‘yxatiga kiritdi

Donkey tied to a tree, Corfu, Greece

Hujjat uy hayvonlarini identifikatsiya qilish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, hayvonlarni ro‘yxatga olish tizimi, hayvon zoti va uning sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona elektron tizim yaratilishi, albatta, amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va kuzatish bo‘yicha mutaxassislar, atributlarni ishlab chiqaruvchilar, identifikatsiya raqamlarini saqlaydiganlar va hayvonlar egalarining huquq va majburiyatlari belgilanadi.

Qonun tashabbuskorlarining ta’kidlashicha, hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimining asosiy afzalliklaridan biri oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashdir. Shu sababli go‘sht va boshqa mahsulotlar olinadigan qoramol, qo‘y va echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya kabi iste’mol qilinadigan hayvonlar turlaridagi yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish, shuningdek, epizootik farovonlikni ta’minlash maqsadida it va mushuklarni identifikatsiya qilishni o‘tkazish taklif etiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi ichki va tashqi bozorda chorvachilik mahsulotlari prognozi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, iste’mol uchun ishlab chiqarilgan barcha chorvachilik mahsulotlari, shuningdek, ularning egalari tomonidan hayvonlarga kafolatlangan egalik va foydalanish huquqi to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini beradi.

Qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida deputatlar unda nazarda tutilgan yangiliklar chorva mollarini identifikatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarni sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash, epizootik osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.