1-sentabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi

Foto: norma.uz

Qonunchilikda 1-sentabrdan boshlab quyidagi qonunlarga o’zgartirish kiritiladi:

Pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi — BATAFSIL;

Ayrim maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi — BATAFSIL;

Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi — BATAFSIL;

Og‘ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi — BATAFSIL;

Tadbirkorlarning markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalarisiz sotish holatlari soliq bazasidan aniqlanganda — BATAFSIL;

Pivo mahsulotlarining chakana savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turiga kiritiladi — BATAFSIL;

Ayrim chet tillari bo‘yicha imtihon xarajatlari qoplab berilishi lozim bo‘lgan ball bir pog‘ona pasaytiriladi — BATAFSIL;

Yo‘l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng quriladi va ta’mirlanadi — BATAFSIL;

Davlat xaridlarida nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga ustunlik beriladi — BATAFSIL;

Ayrim loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajatlari qoplab beriladi — BATAFSIL;

Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi — BATAFSIL;

Ayrim turoperatorlarga imtiyozli kredit beriladi — BATAFSIL;

Ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi — BATAFSIL;

Ov turizmini tashkil qilganlar mol-mulk va yer solig‘ini kamaytirilgan holda to‘laydi — BATAFSIL;

Joylardagi iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi — BATAFSIL;

Sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi — BATAFSIL.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.