Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi majburan darsdan chetlashtirildi
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida 1-sinf o‘quvchilaridan birining onasi dars vaqtida sinfga bostirib kirib , o‘g‘lining qichqirig‘i va o‘qituvchining qarshiligiga qaramay, majburan olib ketdi, deb xabar berdi bolalar ombudsmani.
Voqea 28-maktabda sodir bo‘lgan.Ushbu fakt asosida o‘quvchining onasi va u bilan birga sinfga bostirib kirgan boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar to‘plangan. Bugun, 20-sentabr kuni bu ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, bu holat qarindoshlar o‘rtasidagi bola kim bilan yashashi haqidagi kelishmovchilik natijasida yuzaga kelgan. Muammoni hal qilish uchun hujjatlar sudga topshirildi. Bolaning bilim olish huquqi tiklandi va u maktabda o‘qishni davom ettirmoqda.
Sharhlar