Qoraqalpog‘istonda fuqaro uyiga kelgan mehmonni vahshiylarcha o‘ldirdi

наручники
Фото: спутник

Qoraqalpog‘istonlik fuqaro uyiga mehmonga kelgan erkakni vahshiylarcha o‘ldirdi, deya xabar beradi Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mehmon bilan o‘zaro janjal paytida erkak uni hovliga olib chiqib, yiqitgan va bo‘yniga pichoq urgan. Shundan so‘ng, u erkakning jinsiy a’zolarini va terisining bir qismini kesib tashlagan, keyinchalik uni tovada mushugiga qovurib bergan.. Tananing qolgan qismlarini chiqindi bakida yoqib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi ushbu shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblab, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.