Qoraqalpog‘istonda gaz ta’minoti filiali rahbari vafot etdi

Фото: Худудгазтаминот

22-sentabr kuni “Xududgaz” Qoraqalpog‘iston gaz ta’minoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen 68 yoshida vafot etdi,  deb xabar bermoqda “Xududgazta’minot”.

Aymanov katta jamoani o‘qituvchi va rahbar sifatida boshqargan, shuningdek, mamlakat energetika sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan. “Xududgazta’minot” kompaniyasi Aymanov Xudoybergenning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Mehribon ustoz, kamtarin inson Aymanov Xudaybergenning xotirasi qalblarimizda mangu saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.