Qoraqalpog‘istonda ishga kiritib qo’ymoqchi bo’lgan firibgarlar ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xo‘jayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Taxtako‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.A va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatla yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar